«Nochiziqli fizika laboratoriyasi»da asosan nochiziqli optika va ultra sovuq gazlardagi (Boze-Eynshteyn kondensat) fundamental hodisalar nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Laboratoriyaning asosiy ilmiy yoʻnalishi ushbu muhitlarda solitonlar , kvant tomchilari va uyurmaviy tuzilmalar (vortexes) dinamikasini analitik hisob-kitoblar hamda zamonaviy sonli usullar yordamida modellashtirish va oʻrganishga qaratilgan.
Kvant
tarmoqlar va dinamik tizimlar laboratoriyasi kvant axboroti va kvant texnologiyalarining
fundamental asoslarini o‘rganadi. Labotatoriyada makroskopik kvant obyektlari
va ularning
dinamikalari tadqiq etiladi. Hozirgi zamonanaviy sohalardan biri bo'lgan
atomtronika sohasidagi fundamental tadqiqotlar olib borish. Bundan tashqari
qubitlar, kvant mantiqiy elementlari
(quantum gates) va kvant algoritmlari, kvant tarmoqlar va kvant aloqa
tizimlari, kvant chigallanishi hamda kvant axborotini uzatish jarayonlari
tadqiq etiladi. Shuningdek, ko‘p zarrachali
va nochiziqli kvant tizimlarining dinamikasi, barqarorligi va kollektiv
hodisalari nazariy hamda sonli usullar asosida o‘rganiladi
Amaliy natijalar:
Nafaqat nazariy, balki jahon yadro markazlaridagi
amaliy eksperimentlar uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qiladigan quyidagi
amaliy natijalar olingan:
·
Tizimli
tahlil: 48Ca+168Er,
12C+204Pb va 28,30Si+197Au reaksiyalarida
qamrashdan keyingi va to‘liq qo‘shilishdan oldingi shakllangan QYT
evolyutsiyasining muvozanatlashmagan bosqichi uchun massa va zaryad
taqsimotlari olindi hamda chuqur tizimli tahlil qilindi.
·
Anomal
kengayishning jumbog‘i yechildi:
Ma’lum bir energiya oralig‘idagi tajribalarda kuzatilgan qo‘shilish-bo‘linish
mahsulotlarining massa taqsimoti funksiyasidagi anomaliyali kengayishning fizik
sababi QYT yondashuvi yordamida aniq tushuntirildi. Bu holat — kvazibo‘linish
jarayonida massalari yaqin bo‘lgan yadrolar hosil bo‘lishiga olib kelishi va
ular haqiqiy qo‘shilish-bo‘linish mahsulotlari bilan aralashib ketishi
(qoplanishi) ekanligi ko‘rsatib berildi.
·
Yangi
elementlar sintezi uchun optimal yechimlar: Ilmiy izlanishlar natijasida to‘qnashayotgan yadrolarning simmetriya
o‘qi yo‘nalish burchaklarining qamrash kesimlari va to‘liq qo‘shilishga
to‘sqinlik bosqichlariga ta’siri isbotlandi. Bu natija og‘ir ionlar
to‘qnashuvida yangi kimyoviy elementlarni sintez qilish uchun optimal
nishon-snaryad kombinatsiyalarini va eng maqbul to‘qnashuv energiyalarini
tanlashda e’tiborga olish o‘ta muhim ekanligini amaliy jihatdan tasdiqlab
berdi.
Ilmiy izlanishlarning amaliy ahamiyati va istiqbollari
·
Nafaqat nazariy,
balki jahon yadro markazlaridagi amaliy eksperimentlar uchun ham kuchli bashoratlash
vositasi (predictive tool) yaratildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati quyidagi
fundamental yechimlarda o‘z aksini topdi:
·
Eksperimental ma’lumotlarni
to‘g‘ri talqin qilish: Ishlab chiqilgan yondashuv tajribachilarga murakkab
o‘lchangan ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish imkonini beradi. Xususan,
fragmentlar massa taqsimotidagi anomaliyali kengayishning fizik sababi
tushuntirilib, simmetrik kvazibo‘linishning ustma-ust tushuvchi hissalarini
haqiqiy qo‘shilish-bo‘linish mahsulotlaridan muvaffaqiyatli ajratib olishga
xizmat qiladi.
·
Yangi elementlar
sintezi uchun maqbul yechimlar: Olingan ma’lumotlar va yaratilgan modellar
yordamida og‘ir ionlar to‘qnashuvining dastlabki bosqichlarida qobiq
effektlari, deformatsiya parametrlari va geometrik joylashuvlarning rolini
tahlil qilish imkoni yaratildi. Bu esa yangi kimyoviy elementlarni sintez
qilish uchun eng optimal nishon-snaryad kombinatsiyalarini va to‘qnashuv
energiyalarini tanlashda o'ta muhim ahamiyatga ega.
·
Tizimli tahlil
natijalari: Solishtirilayotgan reaksiyalarda qamrashdan keyingi va to‘liq
qo‘shilishdan oldingi shakllangan QYT evolyutsiyasining muvozanatlashmagan
bosqichi uchun massa va zaryad taqsimotlari olinib, muvaffaqiyatli tizimli
tahlil qilindi.
Asosiy vazifalar va yo'nalishlar
Ilmiy tadqiqotlar: Kvant maydon nazariyasini o'z ichiga olgan nazariy fizikaning zamonaviy muammolari bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar o'tkazish.
Zarrachalar fizikasi: Elementar zarrachalar va ularning o'zaro ta'sirini nazariy o'rganish.
Hamkorlik va loyihalar: Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni jalb qilish va zamonaviy fizika fanining boshqa sohalari bilan integratsiya.