28 октябр 2026
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti direktori Bobomurod Ahmedov Chexiya Respublikasining Hradec Králové shahrida 2026-yil 22–24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “5th International Physics Days” xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etdi.
Nufuzli ilmiy anjuman doirasida olim plenar sessiyaga rahbarlik qilib, zamonaviy fizikaning dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy muloqot va tajriba almashish jarayonida ishtirok etdi.
Xalqaro miqyosdagi bunday ilmiy tadbirlar olimlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston ilm-fanining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.