28 октябр 2026

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti direktori Bobomurod Ahmedov 2026-yil 22–24-oktabr kunlari Chexiyaning Gradec-Kralove shahrida bo‘lib o‘tgan 5-xalqaro «International Physics Days» konferensiyasida faol ishtirok etdi.

Nufuzli xalqaro ilmiy tadbir doirasida professor Ahmedov yalpi majlisga raislik qilib, fizikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy munozaralar va bilim almashinuvi jarayoniga munosib hissa qo‘shdi.

Bunday xalqaro ilmiy tadbirlarda ishtirok etish tadqiqotchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston ilmiy hamjamiyatining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.