28 октябр 2026

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika institutida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim ilmiy voqea kutilmoqda.

2026-yil 22-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.04.M raqamli Ilmiy kengash majlisida ikki nafar tadqiqotchi — Xusanov Elzod Dilshod o‘g‘li va Yo‘ldashev Jasurbek Sa’dulla o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlari himoyasi bo‘lib o‘tadi.

🔬 Xusanov Elzod Dilshod o‘g‘lining dissertatsiya mavzusi:
«⁴⁸Ca + ¹⁶⁸Er, ¹²C + ²⁰⁴Pb reaksiyalarida massa asimmetriyasining va ²⁸,³⁰Si + ¹⁹⁷Au reaksiyalarida dasta energiyasining kvazibo‘linish mahsulotlari chiqishiga ta’siri».

Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida bajarilgan. Ilmiy rahbari — fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Avazbek Karimovich Nasirov.

🔬 Yo‘ldashev Jasurbek Sa’dulla o‘g‘lining dissertatsiya mavzusi:
«Boshqariluvchi nochiziqlilikka ega muhitlarda nochiziqli to‘lqinlar dinamikasi».

Dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida bajarilgan. Ilmiy rahbari — fizika-matematika fanlari doktori, akademik Fatxulla Xabibullayevich Abdullayev.

📌 Himoya haqida ma’lumot:

• Sana: 2026-yil 22-oktabr
• Ixtisoslik: 01.04.02 – Nazariy fizika
• Ilmiy kengash: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.04.M raqamli Ilmiy kengash
• Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy.

Mazkur dissertatsiya himoyalari nazariy fizikaning dolzarb yo‘nalishlaridagi ilmiy izlanishlar natijalarini namoyish etish hamda fundamental fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotchilarga dissertatsiya himoyasida muvaffaqiyat tilaymiz!

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti.