10 май 2026

18–22-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universiteti "14th Silk Road Meeting" va "Silk Road Astronomy Research & Education Alliance" ning 2-yig‘ilishiga mezbonlik qiladi.

Mazkur nufuzli ilmiy tadbir doirasida Markaziy Osiyo, Yevropa, Ozarbayjon, Hindiston, Isroil, BAA, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlardan 150 nafardan ortiq tadqiqotchi bir maydonga jamlanadi.

Uchrashuvlar davomida astronomiya, astrofizika, nazariy fizika, yuqori unumdor hisoblash texnologiyalari hamda sun’iy intellekt asosidagi astronomik tadqiqotlar bo‘yicha so‘nggi yutuq va ishlanmalar muhokama qilinadi.